Baby Sun Logo

BabySun'ga xush kelibsiz

Bolalar va kattalarning sog'lig'i va reabilitatsiyasida ishonchli hamkoringiz. Yuqori aniqlikdagi operatsiyalar, professional kurslar va farovonligingiz uchun zamonaviy xizmatlar

BabySun'ga xush kelibsiz
About section Group Image

Klinikamiz haqida

BabySun klinikasi bolalar sog'lig'i bo'yicha ixtisoslashgan yetakchi tibbiy muassasadir. Biz kasalliklarni diagnostikasi va profilaktikasidan tortib murakkab jarrohlik aralashuvlariga qadar keng tibbiy xizmatlar ko'rsatamiz. Maqsadimiz — har bir bolaga zamonaviy metodika va ishonchli tibbiyotga asoslangan sifatli tibbiy xizmat ko'rsatishdir. Klinika o'zining tajribali shifokorlar va hamshiralardan iborat professional jamoasidan faxrlanadi. Biz bilimlarimizni doimiy ravishda takomillashtirib, kichik bemorlarimiz sog'lig'ini yaxshilash uchun innovatsion yondashuvlarni joriy qilmoqdamiz. Jamoamiz har bir bola va uning oilasiga individual yondashuvning ahamiyatini tushunadi, shuning uchun biz davolash va reabilitatsiya uchun qulay sharoitlar yaratar, bolalar tezroq tiklanishlariga va o'zlarini ishonchli his qilishlariga yordam beramiz.

Klinikaning afzalliklari

Zamonaviy uskunalar

Klinika ilg‘or tibbiy texnika bilan jihozlangan bo‘lib, diagnostikada yuqori aniqlikdagi natijalarni ta’minlaydi.

Zamonaviy uskunalar

Individual yondashuv

Har bir bemorga uning xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda maksimal e’tibor qaratiladi.

Individual yondashuv

Tajriba bilan mutaxassislar

Bizning shifokorlarimiz o‘z sohalarida tan olingan ekspertlar bo‘lib, muntazam ravishda malakasini oshirib boradilar.

Tajriba bilan mutaxassislar

Qulay sharoitlar

Biz bolalar doktor ko‘rinishidan qo‘rqmasligi uchun qulay va do‘stona muhit yaratdik.

Qulay sharoitlar

Bemorlarning sharhlari

aziza_officiiaal

16.11.2021

Aynan bu klinikani tanlab adashmadim manga bemalol ishonuvrila qizla

instagram
muxlisaturgunova1409

19.11.2021

Sharoitla zo'r 👏👏👏 hammasidanam bolalaga o'yin qilib boplapsila 👍👍👍

instagram
Zilola Nishonova

16.11.2021

Assalamualekum. Hamelaga kottakon rahmat. O'g'limi ikki kurs masaji tugadi. Natijalari ancha yaxshi. Rengendayam natijasi shundo bilindi. Bonupa alohida sizga kottakon rahmat. Vohli borseyam ilojni topb qberganizga. Ichlari ozi kevoti, harakatlari tez bob qogan, emelashga harakat qvomz. Nargizapamgayam alohida rahmat kasmetalog muolajala, maslahatlа uchun 😘😘😘.

instagram
Мухлиса

19.11.2021

Assalomu alekum baby sun 🌻 jamoasiga. Biz bugun yana bir kurs massajlarimizni tugatvoldik. Har safar borganimizda ochiq cehra, huwmuomilalik bn kutib olasila. Har qanqa vaziyatdayam bollarni konglini birdek topib bollar bn bollarca muloq qilasila. Massaj oliwimizda oz iwini ustasi baby sun masteri mehribon, jonkuya, bollarni sevuvchi Munisa qizimi sevimli masteri Feruza opa. Feruza opa qigam massajlariz wifoli bosin. Wu massaj oliwimiz davomida qizim ozi ornidan turiwga harakatini bowladi azgina bosayam iwtahasi ocildi. Yomon tarafi endi Mazza qilib ovotkanida tugab qoldide. Hudo xoxlasa Yana yaqın kunlada borivlik nasib qisin. Baby sunga va Feruza opam Nargiza opa sizgaym raxmat.

instagram
Karimahon Manzura

16.11.2021

Assalomu alaykum baby sun jamoasi. Farzandim uchun 10 kunlik bepul massaj yutib oldandim. Shogird bo’lishlariga qaramasdan katta masterladeka massaj qildila, o’g’limni injiqliklarini ko’tarib mehr bilan massaj qilganlari uchun Gulchehraga rahmat etmoqchiman. Alloh rozi bo’lsin, ilmlar ziyoda bo’lsin. O’g’lim opam dib ularga o’rganib qoldi. 😘😍😊👏👏👏🙌🙌

instagram
Ummu Muhammadsodiq

20.11.2021

Assalamu alaykum rohmattullohi baby sunga omad haqiqatda zoor sila MawaaAlloh ❤️ jamoaialyam iwlaw uslubi bilan. Man qizim ga yaqinda muolaja oldim Juda yam hursandmiz 😄 Allohga wukur sila ni sabab qilib wiwfo oldik. Hamma jamoadigilaga kotta rahmat juda yam smimiyisila. Master imiz Zebo ga kegin Robiyahon ga alohida rahmat. Alloh rozi bolsin 🤲 hammeladan inwaaAlloh bowqa farzandlarim ni yam olib boriw niyatidamiz 🌹🌹.

instagram
Fon ustidagi ariza ikonkasi

Qabulga
yozilish

Biz qulay sharoitlar va zamonaviy davolash yondashuvini taklif etamiz